Barcha yangiliklar
Deputatlar Islom sivilizatsiyasi markazida
Gallery image 113813
Gallery image 113814
Gallery image 113815
Gallery image 113816
Gallery image 113817
Gallery image 113818
Gallery image 113819
Gallery image 113820
Gallery image 113821
Gallery image 113822
YUSUBOV MUZAFFAR ALIMBAYEVICH
03 Apr 2026
22:08

Deputatlar Islom sivilizatsiyasi markazida

#poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati  

📍 Deputatlar Islom sivilizatsiyasi markazida 

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar hamda tuman Kengashlari deputatlari tomonidan ichki turizmni rivojlantirish, milliy tarix va madaniy merosni keng targ‘ib etish maqsadida poytaxtimizdagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif amalga oshirildi.

🗣 Unda deputatlar markazning zamonaviy infratuzilmasi, boy tarixiy ekspozitsiyalari, nodir qo‘lyozmalar va ilmiy meros namunalarini yaqindan ko‘zdan kechirdilar. Ayniqsa, ajdodlarimizning ilm-fan, ma’rifat va madaniyat rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi keng yoritilgani alohida e’tirof etildi.

📊 Deputatlar tomonidan ichki turizmni yanada rivojlantirish, aholining ayniqsa yoshlarning tarixiy obidalarga bo‘lgan qiziqishini oshirish, sayyohlik yo‘nalishlarini kengaytirish yuzasidan fikr va takliflar bildirildi. Shu bilan birga, bunday maskanlarga tashriflarni tizimli ravishda tashkil etish, mahallalarda targ‘ibot ishlarini kuchaytirish zarurligi qayd etildi.

🤝 Yakunda deputatlar tomonidan Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, uni ichki turizmning muhim nuqtalaridan biriga aylantirish, shuningdek, aholining keng qatlamlarini ushbu maskanga jalb etish borasida hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

🔺 Mazkur tashrif nafaqat tarixiy merosimizni chuqurroq anglash, balki ichki turizmni rivojlantirishga xizmat qiladigan muhim amaliy qadam bo‘ldi.

📱 Telegram (https://t.me//poytaxt_deputatlari) 📱 Instagram (https://www.instagram.com/poytaxt_deputatlari) 📱 Facebook (https://www.facebook.com/poytaxtdeputatlari) 📱 YouTube (https://www.youtube.com/@poytaxtdeputatlari)