Barcha yangiliklar
Fuqarolar mulk huquqi e’tirof etildi — Pastdarg‘omda tantanali topshirish marosimi o‘tkazildi
Gallery image 113740
Gallery image 113741
Gallery image 113742
Gallery image 113743
Gallery image 113744
Gallery image 113745
Gallery image 113746
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
03 Apr 2026
19:09

Fuqarolar mulk huquqi e’tirof etildi — Pastdarg‘omda tantanali topshirish marosimi o‘tkazildi

  Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining joriy yil 31 martdagi VII-28-70-7-0-K/26-sonli qarori asosida fuqarolarning yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqi hamda unda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqi rasman e’tirof etildi. 

  Mazkur qarorga muvofiq, Pastdarg‘om tumanida 277 nafar fuqaro o‘z mulklariga nisbatan to‘liq huquqiy egalik va undan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldi. 

Tumanda 2026-yil davomida jami 24 ta mahallada xatlov o‘tkazish rejalashtirilgan, bugungi kunga qadar 1490 nafar fuqaroning mulk huquqi e’tirof etilgan, shundan 429 nafari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. 

  Bugun Pastdarg‘om tumanida ushbu qaror ijrosini ta’minlash maqsadida tuman adliya bo‘limi, tuman Kengashi kotibiyat xodimlari, viloyat va tuman Kengashi deputatlari hamda fuqarolar ishtirokida mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni tantanali topshirish marosimi tashkil etildi.