Barcha yangiliklar
Mahalla tizimidagi hamkorlik va mas’uliyat – e’tibor markazida
Gallery image 113596
Gallery image 113597
Gallery image 113598
Gallery image 113599
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
03 Apr 2026
18:08

Mahalla tizimidagi hamkorlik va mas’uliyat – e’tibor markazida

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati N. Allayorova tomonidan Ilm mahallasi “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi. O‘rganish jarayonida mahallalarda olib borilayotgan ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy hamda profilaktik ishlar tahlil qilinib, mavjud muammolar va ularning yechimlari yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, “mahalla yettiligi” a’zolarining o‘zaro hamkorligi, aholining muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va hal etish borasidagi sa’y-harakatlariga alohida e’tibor qaratildi. Fuqarolar bilan ishlash samaradorligini oshirish, yoshlar va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga manzilli yordam ko‘rsatish masalalari muhokama qilindi.

O‘rganish yakunida faoliyatni yanada takomillashtirish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi. Mahalla tizimini mustahkamlash orqali aholi farovonligini oshirish ustuvor vazifa ekani ta’kidlandi