Barcha yangiliklar
Mahallada ijtimoiy holatlar joyida o‘rganilmoqda
Gallery image 113495
Gallery image 113496
Gallery image 113497
Gallery image 113498
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
03 Apr 2026
17:47

Mahallada ijtimoiy holatlar joyida o‘rganilmoqda

Xalq deputatlari Pastdarg'om tuman Kengashi deputati A.Abdumuratov tomonidan fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish va ularga amaliy ko‘mak ko‘rsatish maqsadida mahallalarda uyma-uy yurib o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Jumladan, Oq Mang‘it mahallasida yashovchi H.Mamanova xonadonida bo‘lib, 1-guruh nogironi sifatida ijtimoiy yordamga muhtojligi o‘rganildi.

O‘rganishlar natijasida fuqaroning uy-joy sharoitini yaxshilash zarurligi aniqlanib, Tuman inson ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan uy ta’miri uchun mablag‘ ajratish masalasi ko‘rib chiqildi.

O‘rganish jarayonida oila a’zolarining muammolari tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlarga aniq topshiriqlar belgilandi.

Bunday amaliy ishlar aholining muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va samarali yechim topishda muhim ahamiyat kasb etadi.