Barcha yangiliklar
Saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Gallery image 113436
Gallery image 113437
Gallery image 113438
Gallery image 113439
Gallery image 113440
Gallery image 113441
RAXIMJONOV ULUG‘BEK SOTVOLDI O‘G‘LI
31 Mar 2026
00:00

Saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

        Saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

        Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining 8-Qoroqchitol saylov okrugi deputati O.Gaziyev, viloyat Kengashi deputati N.Elchiyeva hamda Kengash kotibiyati mudiri G‘.Abdullayev bilan birgalikda Qorovultepa mahalla fuqarolar yig‘inida saylovchilar bilan uchrashuv tashkil etildi.

        Uchrashuv davomida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholini qiynayotgan muammolarni o‘rganish va ularning yechimiga qaratilgan masalalar muhokama qilindi. Fuqarolar tomonidan yo‘llar holati, kommunal xizmatlar sifati, bandlik hamda ijtimoiy sohalarga oid bir qator murojaatlar bildirildi.

        Deputat tomonidan bildirilgan taklif va muammolar tegishli tartibda o‘rganilishi hamda ularni bartaraf etish yuzasidan amaliy choralar ko‘rilishi ta’kidlandi.