Barcha yangiliklar





TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
03 Apr 2026
17:21
Mehr va e’tibor – jamiyat tayanchi
Xalq deputatlari Pastdarg'om tuman Kengashi deputati Maruf Qilichev hamda yoshlar maslahat guruhi a’zosi Shoxrux Uralov Bog'onali mahallasida istiqomat qiluvchi imkoniyati cheklangan fuqarolar holidan xabar olib, ularga amaliy yordam ko‘rsatish rejalashtirildi. Navbatdagi sessiyada mazkur masala ko‘rib chiqilishi kun tartibiga kiritilgan.
Tashrif davomida samimiy suhbatlar o‘tkazilib, ularning salomatligi, turmush sharoiti va ehtiyojlari bilan yaqindan tanishildi. Shuningdek, ularga zarur yordamlar ko‘rsatilib, ularga e’tibor va g‘amxo‘rlik namoyon etildi.
Mazkur tashabbus jamiyatda mehr-oqibat muhitini mustahkamlash, keksalarga hurmat va ehtiromni yanada oshirishga xizmat qilmoqda.