Barcha yangiliklar
Mahalliy budjet mablag‘larining samaradorligi va tashabbusli loyihalar muhokama markazida
Gallery image 113344
Gallery image 113345
Gallery image 113346
Gallery image 113347
Gallery image 113348
Gallery image 113349
Gallery image 113350
Gallery image 113351
Gallery image 113352
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
03 Apr 2026
17:08

Mahalliy budjet mablag‘larining samaradorligi va tashabbusli loyihalar muhokama markazida

Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiya navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 

Yig‘ilish kun tartibida,tuman hokimligi huzuridagi “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi hamda “Ijtimoiy daftarlar” jamg‘armasi mablag‘larining sarflanishi yuzasidan mas’ul tashkilotlar hisobotlari tinglandi.

Shuningdek, O‘z. Res.si Prezidenti 2021-yil 13-apreldagi PQ-5072-sonli qarori O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashi 2024-yil 30-yanvardagi KQ-666-IV-sonli qarori doirasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Mazkur hujjatlarga muvofiq, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan tashabbusli loyihani shakllantirishda jamoatchilik fikriga ahamiyat berilayotgani ta’kidlandi.

Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, navbatdagi sessiyaga kiritilishga qaror qilindi.