Barcha yangiliklar
Deputat hududdagi savdo markazlarida: narx, sifat va yaroqlilik muddati o‘rganildi
Gallery image 113327
Gallery image 113328
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
03 Apr 2026
17:04

Deputat hududdagi savdo markazlarida: narx, sifat va yaroqlilik muddati o‘rganildi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati D.Tuychiyeva hududimizdagi bir nechta savdo markazlarida bo‘lib, mahsulotlar narxi, sifati hamda yaroqlilik muddatlari o‘rganildi. Monitoring davomida ayrim mahsulotlarda narxlarning asossiz oshirilgani, ba’zi joylarda esa yaroqlilik muddati yaqinlashgan yoki o‘tgan mahsulotlar savdoda turgani aniqlandi.

Tadbirkorlar bilan suhbat o‘tkazilib, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, sifatli va xavfsiz mahsulot yetkazib berish muhimligi yana bir bor eslatildi. Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli choralar ko‘rish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Fuqarolarimizdan xarid vaqtida mahsulotning yaroqlilik muddatiga alohida e’tibor qaratishlarini so‘raymiz. Sifatli va halol savdo – barchamizning manfaatimiz!