Barcha yangiliklar
KEKSALAR VA NOGIRONLARGA IJTIMOIY XIZMATLAR SIFATINI OSHIRISH MASALASI MUHOKAMA QILINDI
Gallery image 113324
Gallery image 113325
Gallery image 113326
XO‘JAMBERDIYEV SHUKURULLA NUMON O‘G‘LI
02 Apr 2026
17:01

KEKSALAR VA NOGIRONLARGA IJTIMOIY XIZMATLAR SIFATINI OSHIRISH MASALASI MUHOKAMA QILINDI

Xalq deputatlari Toshloq tuman Kengashi kotibiyati mudiri M.Qoraboyeva tuman Inson ijtimoiy xizmatlar markazida bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining “Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Shuningdek, tumandagi ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga tegishli, ta’mirtalab xonadonlarda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan qurilish-ta’mirlash ishlari, ularning sifati va muddatlari yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

O‘rganish jarayonida aniqlangan muammolarni bartaraf etish, aholining ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish hamda ehtiyojmand oilalarga amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.