Barcha yangiliklar
DO‘STLIK MAHALLASIDA KO‘P QAVATLI UYLAR HOLATI O‘RGANILDI
Gallery image 113285
Gallery image 113286
Gallery image 113287
Gallery image 113288
Gallery image 113289
Gallery image 113290
Gallery image 113291
XO‘JAMBERDIYEV SHUKURULLA NUMON O‘G‘LI
01 Apr 2026
16:53

DO‘STLIK MAHALLASIDA KO‘P QAVATLI UYLAR HOLATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Toshloq tuman Kengashi raisi T. Soliyev tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-48-sonli qarori ijrosi yuzasidan Do‘stlik mahalla fuqarolar yig‘inida o‘rganishlar olib borildi.

Monitoring davomida ko‘p qavatli uylarning ichki yo‘laklari (podyezdlari), yerto‘lalari, atrof hududlarining tozaligi hamda yoritilishi holati ko‘zdan kechirildi.

O‘rganishlar jarayonida Toshloq tumanidagi ko‘p kvartirali uy-joylarga xizmat ko‘rsatuvchi “REMKOMSTROY” MChJ boshqaruv tashkiloti rahbari ishtirokida mavjud kamchiliklar muhokama qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi. 

Shuningdek, boshqaruv kompaniyasi faoliyati samaradorligini oshirish, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi.