Barcha yangiliklar

TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
03 Apr 2026
16:55
MUAMMO O‘RGANILDI, AMALIY CHORA KO‘RILMOQDA
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi kotibiyat mudiri F.Xolmuratova deputatligi vakant bo‘lgan Qo‘shquduq MFYga biriktirilganligi sababli ushbu hudud aholisi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan mahalla hududida joylashgan 1 dona markaziy suv inshootini qayta ta’mirlash zarurligi ta’kidlandi. Mazkur masala aholining kundalik hayotiga bevosita ta’sir ko‘rsatishi inobatga olinib, muammo joyida o‘rganildi.
Shu asosda deputat tomonidan tuman Suvoqova tashkilotiga deputatlik so‘rovi yuborildi. Mazkur muammoni ijobiy hal etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rilishi kutilmoqda.