Barcha yangiliklar
Deputat faoliyatidan
Gallery image 113245
Gallery image 113246
Gallery image 113247
Gallery image 113248
Gallery image 113249
Gallery image 113250
ERKINOVA GULRUH SANJAR QIZI
03 Apr 2026
16:50

Deputat faoliyatidan

 Deputat “G‘allaquduq”dagi bog‘cha rekonstruksiyasi holatini o‘rgandi 

   Xalq deputatlari Ohangaron tuman Kengashi deputati Madhiya Nishanova o‘z saylov okrugi
- “G‘allaquduq” mahallasida bo‘lib, aholiga xizmat ko‘rsatuvchi 100 o‘rinli 29-sonli
davlat maktabgacha ta’lim muassasasi binosida olib borilayotgan rekonstruksiya ishlarining
joriy holatini o‘rgandi. O‘rganish jarayonida mahalladagi hokim yordamchisi ham
ishtirok etdi.
 

 Ma’lum bo‘lishicha, ilgari olib borilgan qurilish ishlarining sifatsiz bajarilgani sababli
muassasaning to‘liq faoliyat yuritishi uzoqqa cho‘zilmagan. Ta’lim muassasasi
2025 yilda “Open byudjet” dasturi doirasida g‘olib deb topilib, rekonstruksiya ishlari
amalga oshirilishi belgilangan.
 

 Deputat Madhiya Nishanova o‘rganish davomida qurilish ishlarining sifat va muddat jihatdan
talab darajasida olib borilishiga e’tibor qaratdi. Jumladan, qurilish jarayonlarini
tizimli tashkil etish, materiallar ta’minotini o‘z vaqtida yo‘lga qo‘yish hamda
ob’ektni belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirishga erishish maqsadida tuman
hokimligi qurilish bo‘limi bilan bog‘landi.
 

 Shuningdek, deputat mazkur masala doimiy nazoratda bo‘lishini ta’kidlab, mahalla aholisining
manfaatlari, ayniqsa, bolalar uchun munosib ta’lim-tarbiya sharoitlarini yaratish
ustuvor vazifa ekanini qayd etdi.