Barcha yangiliklar
“ISTIQLOL” MAHALLASIDA MILLATLARARO TOTUVLIK VA HAMJIHATLIK TARG‘IB QILINDI
Gallery image 113192
Gallery image 113193
Gallery image 113194
Gallery image 113195
Gallery image 113196
XO‘JAMBERDIYEV SHUKURULLA NUMON O‘G‘LI
30 Mar 2026
16:26

“ISTIQLOL” MAHALLASIDA MILLATLARARO TOTUVLIK VA HAMJIHATLIK TARG‘IB QILINDI

Toshloq tumanidagi “Istiqlol” mahallasida do‘stlik va hamjihatlikni targ‘ib etuvchi “Do‘stlik bayrami” yuqori saviyada o‘tkazildi. Unda turli millat vakillari, jumladan qirg‘iz, tojik va o‘zbek xalqlari ishtirok etib, bayramga o‘ziga xos ko‘tarinki ruh bag‘ishladilar.

Tadbir davomida so‘zga chiqqan Xalq deputatlari Toshloq tuman Kengashi raisi T.Soliyev ko‘p yillik qo‘shnichilik, o‘zaro hurmat va bag‘rikenglik an’analarini e’tirof etib, millatlararo totuvlik yurt taraqqiyotining muhim omili ekanini ta’kidladi.

Bayram dasturi doirasida yoshlar ishtirokida qadimiy milliy o‘yinlar tashkil etildi. Shuningdek, hunarmandchilik buyumlari, milliy taomlar va boy madaniy meros namunalarini o‘z ichiga olgan ko‘rgazmalar tashkil etilib, ular ishtirokchilarda katta qiziqish va iliq taassurotlar uyg‘otdi.