Barcha yangiliklar
Deputat maxalla yettiligi bilan uchrashdi
Gallery image 113174
MATYAQUBOVA SARABIBI IDIROVNA
03 Apr 2026
16:13

Deputat maxalla yettiligi bilan uchrashdi

 Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi deputati Ibragimova Nilufar Ergashevna Dovud
mahallasida faoliyat yuritayotgan “mahalla yettiligi” tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. 

Uchrashuv davomida “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi,
2017-yil 11-sentabrdagi O‘RQ-445-sonli O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ijrosi
yuzasidan olib borilayotgan chora-tadbirlar, murojaatlar bilan ishlash tizimi
hamda aholi muammolarini hal etish borasidagi amaliy ishlar muhokama qilindi. 

Deputat tomonidan murojaatlarni
o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ularning sifatli va qonuniy hal etilishini
ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.