Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati J. Kuryazov mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifatli tashkil etilishi yuzasidan o‘rganish o‘tkazdi.
Gallery image 113070
Gallery image 113071
KOMILOV A’ZAMJON UMID O‘G‘LI
03 Apr 2026
15:39

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati J. Kuryazov mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifatli tashkil etilishi yuzasidan o‘rganish o‘tkazdi.

O‘rganish jarayonida kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash hamda ularni o‘z vaqtida to‘lash holati atroflicha tahlil qilindi. Shuningdek, nogironligi mavjud shaxslarga davlat tomonidan berilgan imtiyozlarning to‘g‘ri qo‘llanilishi holati ham o‘rganildi.

Aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha zarur choralar belgilab olindi.