Barcha yangiliklar
Duputatlar tomonidan Nurobodda suv ta’minotini yaxshilashga qaratilgan ishlar o‘rganildi
Gallery image 113038
Gallery image 113039
Gallery image 113040
Gallery image 113041
Gallery image 113042
Gallery image 113043
Gallery image 113044
MAXAMMADIYEVA GULMIRA ABDULLAYEVNA
03 Apr 2026
15:16

Duputatlar tomonidan Nurobodda suv ta’minotini yaxshilashga qaratilgan ishlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashi deputati A.Muratov, Nurobod tumani Kengashi raisi Z.Suyarova, tuman Kengashi deputati S.Suyarov hamda O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tuman Kengashi apparati xodimi M.Usanovalar ishtirokida Nurobod tumanida o‘rganish ishlari olib borildi.

Jumladan, Nurbuloq mahallasida aholi xonadonlariga polietilen quvurlar orqali ichimlik suvini uyma-uy kiritish ishlari hamda qurilish jarayonlarining sifati ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, deputatlar tomonidan “Nurobod–Damxo‘ja” suv saqlash inshootini rekonstruksiya qilish, shuningdek tumandagi aholi punktlari va sihatgohlarni ichimlik suvi bilan ta’minlashga qaratilgan loyihalar bilan ham tanishildi.

Mazkur ishlar hududda ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash, aholi turmush sharoitini yanada oshirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.