Barcha yangiliklar
“YO‘L XARITALARI” ASOSIDA CHORA-TADBIRLAR NAZORAT QILINDI
Gallery image 112904
Gallery image 112905
Gallery image 112906
Gallery image 112907
Gallery image 112908
XO‘JAMBERDIYEV SHUKURULLA NUMON O‘G‘LI
18 Mar 2026
13:18

“YO‘L XARITALARI” ASOSIDA CHORA-TADBIRLAR NAZORAT QILINDI

Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri M. Qoraboyeva, tuman Kengashi deputati M. Umaraliyeva hamda Savdo-sanoat palatasi tuman bo‘limi rahbari J. Teshaboyevlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, Oliy Majlis palatalari va Hukumat qarorlari, shuningdek, oliy darajadagi tashriflar davomida erishilgan kelishuvlar asosida ishlab chiqilgan “Yo‘l xaritalari”da belgilangan chora-tadbirlarni manzilli o‘rganish va samarali nazoratni amalga oshirish maqsadida Qanjirg‘a mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan “Faxr” xususiy korxonasida bo‘ldilar.

O‘rganishlar davomida ular korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar, eksport masalalari, mavjud talab va takliflar, shuningdek, ishchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar. Mazkur korxona 20 nafar ishchi bilan o‘z faoliyatini boshladi.

Korxona elektr moslamalari, metall elektr tayanch ustunlari hamda transformatorlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Hozirgi kunda Farg‘ona viloyatida yangi tashkil etilgan Eko shahar hududiga o‘rnatilayotgan transformatorlar uchun elektroshitlar ishlab chiqarilmoqda.

Shuningdek, korxona tomonidan tutash hududda joylashgan bino va inshootlar auksion savdolari orqali sotib olinib, zamonaviy transformatorlar ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirilmoqda.