Barcha yangiliklar
TOSHLOQ TUMANIDA “NAVRO‘ZNI ULUG‘LASH, INSONNI ULUG‘LASH!” TADBIRI O‘TKAZILDI
Gallery image 112892
Gallery image 112893
Gallery image 112894
Gallery image 112895
Gallery image 112896
Gallery image 112897
Gallery image 112898
Gallery image 112899
XO‘JAMBERDIYEV SHUKURULLA NUMON O‘G‘LI
17 Mar 2026
13:15

TOSHLOQ TUMANIDA “NAVRO‘ZNI ULUG‘LASH, INSONNI ULUG‘LASH!” TADBIRI O‘TKAZILDI

Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan Toshloq tumanida “Navro‘zni ulug‘lash, insonni ulug‘lash!” shiori ostida keng ko‘lamli tantanali madaniy tadbir tashkil etildi. Ushbu bayram milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz hamda an’analarimizni o‘zida mujassam etgan holda yuqori saviyada o‘tkazildi.

Tadbir avvalida Toshloq tumani hokimi Abduqahhor Djurabayev so‘zga chiqib, barcha tuman aholisini hamda mehmonlarni ushbu qutlug‘ ayyom bilan samimiy muborakbod etib, Navro‘z bayrami insonparvarlik, bag‘rikenglik, mehr-oqibat va yangilanish timsoli ekanligini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Shundan so‘ng san’atkorlar tomonidan kuy-qo‘shiqlar, milliy raqslar hamda sahnaviy chiqishlar namoyish etildi. Tadbir davomida milliy taomlar ko‘rgazmalari, xalq o‘yinlari va turli madaniy chiqishlar tashkil etilib, bayramona muhit yanada ko‘tarinki ruhda o‘tdi va ishtirokchilarda unutilmas taassurotlar qoldirdi.

Mazkur bayram tadbirida Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati xodimlari hamda deputatlar ham faol ishtirok etdilar