Barcha yangiliklar
Korrupsiyaga qarshi kurash asosiy vazifamiz
Gallery image 112871
Gallery image 112872
Gallery image 112873
Gallery image 112874
Gallery image 112875
Gallery image 112876
Gallery image 112877
Gallery image 112878
Gallery image 112879
JUMAYEV ADXAMJON AKRAMOVICH
03 Apr 2026
13:05

Korrupsiyaga qarshi kurash asosiy vazifamiz

 Korrupsiyaga qarshi kurash asosiy vazifamiz 

Oltiariq tuman Madaniyat markazida tuman hokimligi, Adliya boʻlimi va Xalq deputatlari tuman Kengashi hamkorligida yigʻilish oʻtkazildi. Tadbirda Fargʻona viloyat Adliya boshqarmasi Faxriylar Kengashi raisi R.Qirgʻizov, Oʻzbekiston Xalq oʻqituvchisi, Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi X.Raximov, tuman Adliya boʻlimi boshligʻi O.Djoʻrayev, tuman hokimi oʻrinbosari X.Atajanova,
tuman Kengashi deputatlari, maktabgacha va maktab taʼlimi masʼullari, xotin-qizlar faollari va ijtimoiy soha rahbarlari ishtirok etishdi.
Yigʻilishda R.Qirgʻizov jinoyatga jazo muqarrarligi va korrupsiyaning oqibatlarini birma bir sanab berdi. Kengash
raisi X.Raximov esa yurtimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar haqida soʻzlab, korrupsiya jamiyat va davlat rivojining kushandasi ekanligi haqida toʻxtalib, bu salbiy illatga birgalikda kurashishga chaqirdi