Barcha yangiliklar
Deputat faoliyatidan
Gallery image 112843
Gallery image 112844
Gallery image 112845
Gallery image 112846
OCHILOV BEHRO‘Z IKROMJONOVICH
03 Apr 2026
12:57

Deputat faoliyatidan

Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashi 10-Gulobod saylov okrugidan saylangan deputat Kamolov Abrorjon Abduxakimovich tomonidan ko‘tarilgan masala ijobiy hal etildi.

Paxtachi tumani Taraqqiyot mahallasi Ibrat ko‘chasi 83-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro Xusanov Azimning xonadoni tomorqasidan 10 000 kV yuqori kuchlanishli elektr tarmog‘i o‘tganligi, yuqori kuchlanishli elektr tarmog‘i beton ustuni yaroqsiz holga kelishi natijasida ushbu xonadonda yashovchi fuqarolarning hayotiga xavf tug‘dirayotganligi, ushbu masalani atroflicha o‘rganib xavfni bartaraf etish yuzasidan deputat so‘rovi yuborilgan edi.

Mazkur murojaat asosida masala o‘rganilib, deputat tashabbusi bilan Taraqqiyot mahallasi Ibrat ko‘chasi 83-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro Xusanov Azimning xonadoni tomorqasidan 10 000 kV yuqori kuchlanishli elektr tarmog‘idagi barcha xavflar bartalab etildi. 

Muammo deputat tashabbusi bilan to‘liq bartaraf etildi.