Barcha yangiliklar
#Sessiya 📌 Sessiyada muhim va dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi
Gallery image 112797
Gallery image 112798
Gallery image 112799
Gallery image 112800
Gallery image 112801
Gallery image 112802
Gallery image 112803
QARSHIYEV MAMURJON DONIYAR O‘G‘LI
31 Mar 2026
12:39

#Sessiya 📌 Sessiyada muhim va dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining 20-sessiyasi kun tartibiga kiritilgan muhim va dolzarb masalalar deputatlar tomonidan atroflicha va mas’uliyat bilan ko‘rib chiqildi.

Har bir masala yuzasidan batafsil muhokamalar olib borilib, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash, aholi turmush darajasini oshirish hamda fuqarolarning manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan aniq va amaliy qarorlar qabul qilindi.

Deputatlar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar qarorlar mazmunini yanada boyitib, ularning samarali bo‘lishiga xizmat qildi. Eng muhimi, har bir qaror bevosita xalq manfaatiga xizmat qilishi, tumanning barqaror rivojlanishiga hissa qo‘shishi bilan ahamiyatlidir.

🤝 Ushbu qarorlar kelgusida tumanning yanada obod bo‘lishi, fuqarolar farovonligini oshirish va mavjud muammolarni bosqichma-bosqich hal etishga xizmat qiladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/) | Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanikengashi?utm_source=qr&igsh=ZDZ4YjJvd3k3aGp2)