Barcha yangiliklar





XO‘JAMBERDIYEV SHUKURULLA NUMON O‘G‘LI
10 Mar 2026
12:18
DEPUTATLAR VA “MAHALLA YETTILIGI” HAMKORLIGI
Xalq deputatlari Toshloq tuman Kengashi deputati R.Sultonov Chuqurqishloq mfyda bo‘lib, mahalla yettiligi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Tashrif davomida mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifatli tashkil etilishi, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar hamda moddiy yordamlarni tayinlash va to‘lash jarayonlari o‘rganildi.
Shuningdek, fuqarolarning ijtimoiy muammolarini hal etish, ularga manzilli yordam ko‘rsatish borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.