Barcha yangiliklar
#24_ta_masala ⚡️ Toytuyoq mahallasida elektr muammolari o‘rganildi
Gallery image 112653
Gallery image 112654
Gallery image 112655
QARSHIYEV MAMURJON DONIYAR O‘G‘LI
27 Mar 2026
11:53

#24_ta_masala ⚡️ Toytuyoq mahallasida elektr muammolari o‘rganildi

Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi deputati J.Mavlyanov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi M.Saimnazarov tomonidan Toytuyoq mahallasida elektr energiyasi bilan bog‘liq holatlar joyiga chiqib o‘rganildi.

🔍 O‘rganishlar davomida hududdagi elektr tarmoqlaridagi simyog‘ochlar belgilangan talab darajasiga javob bermasligi aniqlandi. Bu esa aholiga elektr energiyasini sifatli va uzluksiz yetkazib berishda muammolar keltirib chiqarmoqda.

📌 Mazkur kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborish zarurligi qayd etildi.

✅ Muammo nazoratga olindi va uning ijobiy yechimi yuzasidan tegishli choralar ko‘riladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/) | Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanikengashi?utm_source=qr&igsh=ZDZ4YjJvd3k3aGp2)