Barcha yangiliklar
Deputat_nazorati
Gallery image 11704
Gallery image 11705
PULATOVA XOLBUNISO IRGASHEVNA
04 Iyun 2024
09:47

Deputat_nazorati

Xalq deputatlari Angren shahar Kengashi deputatlari Sh.Urishov va A.Nazirovlar "G'ofur G'ulom" MFY aholisi tomonidan yo'llangan murojaatni joyiga chiqib o'rganishdi. Bugungi kunda ushbu mahallada aholi turmush tarzini yaxshilash maqsadida markazlashgan oqova-suv quvurlarini o'rnatish ishlari olib borilmoqda. Deputatlar murojaatni atroflicha o'rganib, ushbu jarayonlarga mas'ul bo'lgan tashkilot xodimlari bilan fikr almashishdi. Ular hududda olib borilayotgan ishlarning sifatli amalga oshirilayotganini o'rgandilar. Qo'shimcha savollar deputatlar komissiyasining navbatdagi yig'ilishida muhokama qilinishiga kelishib olindi.