Barcha yangiliklar
💼 Chorbog‘ mahallasida tadbirkor ayollar tajribasi o‘rganildi
Gallery image 112588
Gallery image 112589
Gallery image 112590
Gallery image 112591
Gallery image 112592
Gallery image 112593
Gallery image 112594
Gallery image 112595
BEGIMQULOV MUSURMON XOLBUTAYEVICH
29 Mar 2026
00:00

💼 Chorbog‘ mahallasida tadbirkor ayollar tajribasi o‘rganildi

💼 Chorbog‘ mahallasida tadbirkor ayollar tajribasi o‘rganildi

Aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasida joylarda amalga oshirilayotgan ishlar doimiy e’tiborda.

✅ Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi deputati Ilhom Botirov tomonidan Oqdaryo Chorbog‘ mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.

🤝 Tashrif davomida mahalla faollari bilan uchrashuv o‘tkazilib, hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy holat va amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

✅ Shuningdek, mahallada faoliyat yuritayotgan tadbirkor ayollar faoliyati bilan yaqindan tanishildi. Xususan, tomorqa va issiqxona xo‘jaligini yo‘lga qo‘ygan fuqarolarning tajribasi o‘rganildi.

✅ Aniqlanishicha, ayrim tadbirkor ayollar issiqxona tashkil etib, sabzavot va limon yetishtirish, shuningdek chorvachilik va parrandachilik orqali oila daromadini oshirish bilan birga, boshqa xotin-qizlarni ham ish bilan ta’minlab kelmoqda.

👍 O‘rganish jarayonida bunday tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash, kichik biznesni kengaytirish hamda yangi ish o‘rinlarini yaratish muhimligi ta’kidlandi.

👍 Mazkur faoliyat hududlarda xotin-qizlar bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi farovonligini oshirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

✅@sam_vil_deputatlari 📱Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=61580580010418)