Barcha yangiliklar
Ishtixon tumanida yoshlar bilan ishlash yangi bosqichga chiqmoqda!
Gallery image 112575
Gallery image 112576
Gallery image 112577
Gallery image 112578
QARSHIYEV MAMURJON DONIYAR O‘G‘LI
27 Mar 2026
11:20

Ishtixon tumanida yoshlar bilan ishlash yangi bosqichga chiqmoqda!

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zosi Abduaxatov Jahongir tashabbusi bilan Mirishkor mahallasida “Besh tashabbus olimpiadasi”ning mahalla bosqichi yuqori saviyada tashkil etildi.

Tadbir davomida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sport, san’at va intellektual yo‘nalishlarga keng jalb qilish, eng muhimi — har bir yoshning ichki salohiyatini yuzaga chiqarish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Yoshlar o‘z iqtidorlarini namoyon etib, sog‘lom raqobat muhitida bellashdilar.

Abduaxatov Jahongir tomonidan faol va tashabbuskor yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni rag‘batlantirish hamda kelgusida yanada katta marralarni zabt etishlari uchun zarur amaliy yordamlar ko‘rsatildi. Bu esa yoshlar orasida motivatsiyani yanada oshirdi.

Bugungi kunda Yoshlar maslahat guruhining faoliyati nafaqat tadbirlar tashkil etish, balki yoshlarning muammolarini o‘rganish, ularning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, davlat siyosatini joylarda samarali amalga oshirishga xizmat qilmoqda. Eng muhimi, bu tizim orqali yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligi oshib, ular jamiyat hayotining faol ishtirokchisiga aylanmoqda.

“Besh tashabbus olimpiadasi” esa aynan shunday platforma bo‘lib, yoshlarni birlashtiradi, ularni rivojlanishga undaydi va kelajak liderlarini kashf etadi.

Ishtixonda amalga oshirilayotgan bu kabi tashabbuslar — ertangi kun egalari bo‘lgan yoshlar uchun mustahkam poydevor vazifasini o‘tamoqda.