Barcha yangiliklar
“Deputatlar nazoratida: bandlik va tadbirkorlikni rivojlantirish”
Gallery image 112495
Gallery image 112496
BEGIMQULOV MUSURMON XOLBUTAYEVICH
17 Mar 2026
00:00

“Deputatlar nazoratida: bandlik va tadbirkorlikni rivojlantirish”

#24_ta_masala

“Deputatlar nazoratida: bandlik va tadbirkorlikni rivojlantirish”

Xalq deputatlari viloyat deputati Norboyeva Soxiba Otaqulovna va Payariq tumani Kengashi deputati J.Axunov tomonidan Payariq tumani Xosa mahallasida aholi bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.

Uchrashuv davomida ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish markazlari faoliyati, yangi ish o‘rinlari yaratish, kasb-hunar o‘rgatish kurslari hamda tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘nalishida olib borilayotgan chora-tadbirlar o‘rganildi. Shuningdek, ishsiz fuqarolar, ayniqsa yoshlar va xotin-qizlarni bandlikka jalb etish masalalari yuzasidan mas’ullar bilan muloqot qilindi.

Deputatlar tomonidan mavjud muammolar, jumladan, doimiy ish o‘rinlari sonini oshirish, kasbga qayta tayyorlash dasturlarini kengaytirish va tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha takliflar bildirildi.

⚡️ @sam_vil_deputatlari