Barcha yangiliklar
Samarqand shahrida aholi muammolarini o‘rganish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish maqsadida viloyat Kengashi deputati N.Abdullayeva va shahar hokimining o'rinbosari R.Toshniyozova ishtirokida uchrashuvlar o‘tkazildi.
Gallery image 112390
Gallery image 112391
Gallery image 112392
Gallery image 112393
Gallery image 112394
Gallery image 112395
Gallery image 112396
Gallery image 112397
BEGIMQULOV MUSURMON XOLBUTAYEVICH
05 Mar 2026
00:00

Samarqand shahrida aholi muammolarini o‘rganish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish maqsadida viloyat Kengashi deputati N.Abdullayeva va shahar hokimining o'rinbosari R.Toshniyozova ishtirokida uchrashuvlar o‘tkazildi.

Samarqand shahrida aholi muammolarini o‘rganish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish maqsadida viloyat Kengashi deputati N.Abdullayeva va shahar hokimining o'rinbosari R.Toshniyozova ishtirokida uchrashuvlar o‘tkazildi.

Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashi deputati Nargiza Abdullayeva tashabbusi bilan Samarqand shahar hokimining o‘rinbosari R.Toshniyozava hamda oila va xotin-qizlar bo‘limi mas’ullari ishtirokida Samarqand shahridagi Bog‘i Feruza va Gʻafur Gʻulom mahalla fuqarolar yig‘inida “Turmush” hamda “Tozalash” profilaktik tadbirlari doirasida uchrashuvlar tashkil etildi.

✅Muloqotlar davomida shahar hokimligi va mutasaddi tashkilotlar vakillari tomonidan tegishli toifadagi oilalarning ijtimoiy, tibbiy va maishiy muammolari atroflicha o‘rganildi. Aniqlangan masalalar yuzasidan aniq chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, ayrim muammolarga joyning o‘zida yechim topildi.

✅Xususan, suhbatlar jarayonida tushgan murojaatlar asosida deputat tomonidan bir nafar bemorga infeksion shifoxonasiga elektron yo‘llanma rasmiylashtirildi. Shuningdek, oilaviy sharoiti og‘ir bo‘lgan bemorlarga bepul davolanish uchun yo‘llanmalar berilib, amaliy yordam ko‘rsatildi.

✅Bunday uchrashuvlar aholi bilan ochiq va samarali muloqotni mustahkamlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda mahallalarda sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishga xizmat qilmoqda

✅@sam_vil_deputatlari