Barcha yangiliklar
📌 KQ-6-V-sonli qaror ijrosi: Pastdarg‘omda kambag‘allikni qisqartirish masalalari muhokama qilindi
Gallery image 112384
Gallery image 112385
Gallery image 112386
Gallery image 112387
Gallery image 112388
Gallery image 112389
BEGIMQULOV MUSURMON XOLBUTAYEVICH
05 Mar 2026
00:00

📌 KQ-6-V-sonli qaror ijrosi: Pastdarg‘omda kambag‘allikni qisqartirish masalalari muhokama qilindi

📌 KQ-6-V-sonli qaror ijrosi: Pastdarg‘omda kambag‘allikni qisqartirish masalalari muhokama qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 29-noyabrdagi “Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalarning bajarilishini nazorat qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-6-V-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi huzurida Kambag‘allikni qisqartirish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha tuzilgan komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda komissiya barcha a’zolari ishtirok etdi. 

Kun tartibidagi asosiy masala — komissiya Nizomida belgilangan vazifalar ijrosi, amalga oshirilayotgan ishlar hamda muammolarni muhokama qilishdan iborat bo‘ldi.

Muhokama davomida:

tumanda mazkur masala yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar holati,

ehtiyojmand oilani aniqlash va manzilli yordam ko‘rsatish,

bandlikni ta’minlash va daromad manbalarini kengaytirish,

ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni takomillashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.

✅@sam_vil_deputatlari