Barcha yangiliklar
Peshku tumanida davlat xizmatlari ko‘rsatish holati o‘rganildi
Gallery image 112313
Gallery image 112314
Gallery image 112315
IMOMOV BEHRUZ DILMURODOVICH
03 Apr 2026
10:04

Peshku tumanida davlat xizmatlari ko‘rsatish holati o‘rganildi

O‘rganish jarayonida aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimining amaldagi holati, xususan, fuqarolarni qabul qilish jarayonlari, xizmat ko‘rsatish tezligi, navbatlar holati, elektron xizmatlardan foydalanish darajasi, shuningdek, murojaatlar bilan ishlash tizimi atroflicha tahlil qilindi.

Shu bilan birga, xizmat ko‘rsatishda yaratilgan shart-sharoitlar, xodimlarning muomala madaniyati hamda moddiy-texnik ta’minot holatiga alohida e’tibor qaratildi. Fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar ham o‘rganilib, mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar ishlab chiqildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda davlat xizmatlari sifatini yanada oshirish yuzasidan tegishli tashkilotlarga takliflar kiritilishi belgilandi.

🇺🇿 Xalq deputatlari Peshku tuman Kengashi kotibiyati