Barcha yangiliklar
DOIMIY KOMISSIYA FAOLIYATI
Gallery image 112194
Gallery image 112195
Gallery image 112196
Gallery image 112197
Gallery image 112198
Gallery image 112199
RAZIQOV ILXOM MAMASAITOVICH
02 Apr 2026
22:24

DOIMIY KOMISSIYA FAOLIYATI

Yig‘ilish kun tartibiga Oltinsoy tumanida “Tashabbusli byudjet” jarayonining 2026-yil 1-mavsum yakunlariga ko‘ra “Openbudget.uz” portali orqali g‘olib deb topilgan loyihalarni amalga oshirish hamda ularni moliyalashtirish masalasi kiritildi. 

Mazkur masala yuzasidan tuman moliya bo‘limining hisoboti tinglandi. Hisobotda g‘olib loyihalarni moliyalashtirish manbalari, ajratiladigan mablag‘lar hajmi, ularni o‘z vaqtida va samarali o‘zlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda kelgusidagi vazifalar yuzasidan
batafsil ma’lumot berildi.
 

Yig‘ilish davomida komissiya a’zolari tomonidan loyihalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish, ajratilgan mablag‘lardan maqsadli foydalanish hamda jarayon ustidan samarali nazoratni ta’minlash yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi. 

Kun tartibidagi masala yuzasidan tegishli qaror loyihasi ishlab chiqilib, Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiyasiga kiritish uchun tavsiya etildi. 

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati