Barcha yangiliklar
Xomkon mahallasida deputatlik nazorati doirasida QVP qurilish ishlari o‘rganildi
Gallery image 112182
Gallery image 112183
Gallery image 112184
Gallery image 112185
MAMARAJABOV ABDULAZIZ ABDULLA O‘G‘LI
02 Apr 2026
22:20

Xomkon mahallasida deputatlik nazorati doirasida QVP qurilish ishlari o‘rganildi

Xomkon mahallasida deputatlik nazorati doirasida QVP qurilish ishlari o‘rganildi

⏺Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi deputati U.Yangiboyev tomonidan "Xomkon" mahallasi hududida qurilayotgan qishloq vrachlik punkti (QVP)da olib borilayotgan qurilish ishlari o‘rganildi.

⏺O‘rganish jarayonida ob'ektning bugungi holati, qurilish sifati, ishlarning borishi hamda belgilangan muddatlarga rioya etilishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, qurilish ishlarini jadallashtirish, sifatli va o‘z vaqtida foydalanishga topshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

⏺Deputat tomonidan mazkur ijtimoiy ahamiyatga ega ob'ektni tez fursatda foydalanishga topshirish orqali aholi uchun sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish muhimligi ta’kidlandi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram (https://t.me/+h07HeUv_IP44MmUy) | Facebook (https://www.facebook.com/?ref=homescreenpwa) | E-kengash (https://kengash.gov.uz/qiziriq) |Instagram (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3)