Barcha yangiliklar
SESSIYA OLDI DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI
Gallery image 112144
Gallery image 112145
Gallery image 112146
Gallery image 112147
Gallery image 112148
RAZIQOV ILXOM MAMASAITOVICH
02 Apr 2026
21:59

SESSIYA OLDI DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI

Yig‘ilish kun tartibiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi bo‘g‘inda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5-son qarori ijrosini ta’minlash masalasi kiritildi. 

Mazkur qarorga muvofiq, Oltinsoy tumanida 2026-yil vegetatsiya davrida yakuniy iste’molchilar kesimida qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orish uchun suv olish limitlarini tasdiqlash yuzasidan tegishli taklif va mulohazalar ko‘rib chiqildi. 

Yig‘ilish davomida mas’ul tashkilotlar tomonidan suv resurslaridan oqilona va samarali foydalanish, mavjud suv manbalarini tejash hamda ularni adolatli taqsimlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, suv taqsimoti jarayonida shaffoflikni ta’minlash va nazorat mexanizmlarini kuchaytirish yuzasidan takliflar bildirildi. 

Kun tartibidagi masala yuzasidan tegishli qaror loyihasi ishlab chiqilib, Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiyasiga kiritish uchun tavsiya etildi. 

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati