Barcha yangiliklar
DEPUTAT SO'ROVI
Gallery image 112031
Gallery image 112032
Gallery image 112033
Gallery image 112034
PARDAYEV HUMOYUN SHERMAT O‘G‘LI
31 Mar 2026
00:00

DEPUTAT SO'ROVI

Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati G.Raxmatova Marmarobod MFYda o‘rganish olib bordi. 

O‘rganish davomida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 09-oktabrdagi “Elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda texnika xavfsizligi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 638-sonli Qaroriga asosan shahardagi Marmarobod MFY Marmarobod ko‘chasida joylashgan elektr transformatori atrofi o‘ralmaganligi bu esa hudud aholisi ayniqsa bolalar uchun jiddiy xavf tug‘dirilishi aniqlandi.

Yuqoridagilarga ko‘ra, shahar Elektr taʼminoti uchastka boshlig‘i F.Mamatovga:

Hududdagi transformator atrofini xavfsiz qilib o‘rash, himoya to‘siqlarini o‘rnatish;

Transformator joylashgan hududda “Xavfli! Elektr toki” kabi ogohlantiruvchi belgilarni qo‘yish; 

Belgilangan choralarni tezkor tarzda amalga oshirilishi bo‘yicha deputat so‘rovi yuborildi.

Masalaning ijrosi deputat tomonidan nazoratga olindi.