Barcha yangiliklar
Pillachilik serdaromad soha.
Gallery image 11606
Gallery image 11607
Gallery image 11608
Gallery image 11609
Gallery image 11610
Gallery image 11611
AZIMOVA SAODATXON KARIMOVNA
01 Iyun 2024
11:39

Pillachilik serdaromad soha.

 Pillachilik qishloq xo‘jaligining
muhim tarmoqlaridan biri. Sрu kunlarda tumanimiz
mehnatkashlari tomonidan tut ipak qurti parvarishlanmoqda.
 

  

Xo‘jaobod tumanida tuman Kengashi deputati
Yaqubov Shohruxbek xonadonida Vetnam usulida ipak qurti
parvarishlash yo‘lga qo‘yilgan. Xonadonda ayni kunlarda deputat va uning oila a’zolari
sa’y-harakati bilan 20 quti ipak qurti parvarishlanmoqda.
 

Ipak yetishtirishning yangi usuli
bir qator afzalliklarga ega. Kam joy talab qilgan holda ko‘p va sifatli xom ashyo
olish imkoniyatini beradi. Endilikda ipak qurti odatiy so‘kchoklarda emas, balki
plyonka ostida boqilmoqda.
 

Bu ozuqa miqdorini tejash, nobudgarchiliklarning
oldini olish va erta hosil etishtirish amallarida qo‘l keladi.
 

Bir so‘z bilan aytganda, pillachilikni
serdaromad sohaga aylantirish, pirovardida pillakorlarning moddiy manfaatdorligini
orttirish asosiy maqsaddir.