Barcha yangiliklar
Fuqarolar murojaatlari joyida o‘rganildi
Gallery image 112007
Gallery image 112008
Gallery image 112009
Gallery image 112010
Gallery image 112011
Gallery image 112012
Gallery image 112013
Gallery image 112014
Gallery image 112015
PARDAYEV HUMOYUN SHERMAT O‘G‘LI
01 Apr 2026
00:00

Fuqarolar murojaatlari joyida o‘rganildi

Bugun G‘ozg‘on shahri "Marmarobod" MFY hududidagi 3-sonli umumta’lim maktab binosida shahar hokimi, Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati Nurali Jo‘rayev o‘z saylov okrugida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi. 

Sayyor qabul davomida fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan ijtimoiy, kommunal, infratuzilma hamda boshqa yo‘nalishlardagi muammolar atroflicha tinglandi. Bildirilgan har bir murojaat yuzasidan tegishli soha mas’ullariga aniq topshiriqlar berilib, ijrosi qat’iy nazoratga olindi.

Qabul jarayonida ayrim masalalar joyida hal etildi, qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar bo‘yicha esa aniq muddatlar belgilandi.

Bunday ochiq muloqotlar aholining ishonchini mustahkamlash, joylardagi muammolarni tizimli hal etish hamda hududlarni yanada rivojlantirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.