Barcha yangiliklar
MAKTABGACHA TAʼLIM TASHKILOTI FAOLIYATI OʻRGANILDI.
Gallery image 111947
Gallery image 111948
Gallery image 111949
Gallery image 111950
Gallery image 111951
Gallery image 111952
Gallery image 111953
NAVRO‘ZOV BEHRUZ BOTIROVICH
02 Apr 2026
16:42

MAKTABGACHA TAʼLIM TASHKILOTI FAOLIYATI OʻRGANILDI.

Deputat muassasa rahbariyati va pedagog xodimlar bilan suhbat oʻtkazib, maktabgacha taʼlim tizimida olib borilayotgan islohotlar, ularning amaliy natijalari hamda mavjud muammolar yuzasidan fikr almashdi. Xususan, bolalarning intellektual va maʼnaviy rivojlanishiga qaratilgan mashgʻulotlar samaradorligini oshirish, zamonaviy oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar bilan taʼminlash hamda moddiy-texnik bazani yanada mustahkamlash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Shuningdek, oʻrganishlarda muassasa 1986-yilda qurilgan boʻlib, 2018-yilda qayta taʼmirdan chiqgan boʻlishiga qaramay, bugungi kunda mukammal taʼmirga muxtojligi aniqlandi. Tashkilot 90 oʻrinli boʻlib, 180 bola tarbiyalanadi, yana bugungi kunda 121 nafar bola navbati mavjud. Tashkilotga qoʻshimcha 60 oʻrinli binoga muxtoj. Qoʻshimcha binoda musiqa zali, sport xonalari, bolalar oʻyin maydonchasi va qorovulxonaga extiyoj bor. Bundan tashqari kirish qismini va muassasa atrofini temir panjar bilan oʻrash lozimligi aniqlanib, aniqlangan muammolar yechimi borasida tumandagi tegishli tashiklotlarga deputatlik soʻrovi kiritish hamda qilinadigan ishlar boʻyicha chora-tadbirlar belgilanishi koʻzda tutildi.