Barcha yangiliklar
Saylovchilar bilan uchrashuv
Gallery image 111881
Gallery image 111882
Gallery image 111883
Gallery image 111884
INOMJONOV LAZIZBEK SHAROFJON O‘G‘LI
02 Apr 2026
16:27

Saylovchilar bilan uchrashuv

Sharof Rashidov tumani Samarqand-quduq mahallasidan saylangan Jizzax viloyati Kengashi deputati Turdiyeva Olima Oqilovna, Jizzax viloyati hududiy saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari Yunusov To‘lqin, viloyat Kengashi bosh hisobchisi Abror Umarov, Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri Akmal Raxmonov hamda tegishli tashkilotlar mas’ullari ishtirokida Samarqand-quduq MFYda saylovchilar bilan ochiq muloqot tarzida uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuv davomida mahalla fuqarolarining murojaatlari, taklif va muammolari atroflicha tinglandi. Har bir masala yuzasidan tegishli mutasaddilar tomonidan aniq chora-tadbirlar belgilandi hamda ularning ijrosi qat’iy nazoratga olindi. Shuningdek, uchrashuv doirasida mahalladagi ijtimoiy soha obyektlari — maktabgacha ta’lim tashkiloti, umumta’lim maktabi va tibbiyot muassasasi faoliyati joyiga chiqib o‘rganildi. Mazkur muassasalarda olib borilayotgan ishlar, yaratilgan sharoitlar va mavjud muammolar tahlil qilindi.