Barcha yangiliklar
Ehtiyojmand oilalar doimiy e’tibor va g‘amxo‘rlikda!
Gallery image 111861
Gallery image 111862
Gallery image 111863
Gallery image 111864
PRIMOV SARVARBEK SOBIROVICH
02 Apr 2026
16:09

Ehtiyojmand oilalar doimiy e’tibor va g‘amxo‘rlikda!

Xalq deputatlari Shahrisabz tumani Kengashi deputati Farida Yallaqodirova tashabbusi bilan “Qumqishloq” MFYda navbatdagi xayrli tadbir amalga oshirildi.

Tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Alisher Sa'dullayev hamda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi vakillari ishtirokida “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kirgan oilalar holidan xabar olindi.

O‘rganishlar davomida, ayniqsa, nogironligi bo‘lgan fuqarolar yashayotgan xonadonlarning sharoitlariga alohida e’tibor qaratildi. Deputat tomonidan ushbu xonadonlarni ta’mirlash va ularga zarur amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha aniq tavsiyalar berilib, ijrosi nazoratga olindi.