Barcha yangiliklar
Deputat Z.Domilayev Maorif MFYda hokim yordamchisi hamrohligida hududda faoliyat yuritayotgan Otajonov Abdusattor O‘lmasovichga qarashli “Norka” bosh kiyim ishlab chiqarish va sotish faoliyatini o‘rgandi.
Gallery image 111743
Gallery image 111744
Gallery image 111745
Gallery image 111746
Gallery image 111747
AKBAROVA NARGIZAXON QAXXOROVNA
02 Apr 2026
15:05

Deputat Z.Domilayev Maorif MFYda hokim yordamchisi hamrohligida hududda faoliyat yuritayotgan Otajonov Abdusattor O‘lmasovichga qarashli “Norka” bosh kiyim ishlab chiqarish va sotish faoliyatini o‘rgandi.

O‘rganish davomida mazkur tadbirkorlik subyekti tomonidan amalga oshirilayotgan ishlab chiqarish jarayonlari, mahsulot sifati, mavjud imkoniyatlar hamda faoliyatni yanada kengaytirish istiqbollari ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, 2026-yilda Marg‘ilon shahrida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish bo‘yicha amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar doirasida ushbu yo‘nalishni qo‘llab-quvvatlash, yangi ish o‘rinlari yaratish, ishlab chiqarish hajmini oshirish hamda mahsulotlar realizatsiya bozorini kengaytirish masalalari yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.