Barcha yangiliklar
Deputatlar tomonidan g‘alla yetishtirish holati o‘rganildi
Gallery image 11554
Gallery image 11555
Gallery image 11556
Gallery image 11557
Gallery image 11558
Gallery image 11559
Gallery image 11560
Gallery image 11561
Gallery image 11562
Gallery image 11563
USMONOV SHAVKATJON SOBIROVICH
23 May 2024
16:02

Deputatlar tomonidan g‘alla yetishtirish holati o‘rganildi

Deputatlar tomonidan g‘alla yetishtirish holati o‘rganildi.

Quva tumanda 2024 yil uchun 5500 gektar ekin maydonlariga boshoqli don ekilib, 79,6 sentnerdan jami 43805 tonna hosil olish belgilangan bo‘lib, shundan davlat resursi uchun 4880 tonna, birja savdolarida sotish uchun vaqtinchalik saqlashga 7920 tonna, 1800 tonna urug‘lik uchun, klaster tomonidan xarid qilinishi uchun 5100 tonna, fyuchers shartnomasiga asosan jami 19700 tonna g‘alla sotilishi belgilangan.

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputatlari tumanning Navro‘z MMTP tarkibidagi Esonaliyev Mamatvali, Dadajon O‘ktamjonov fermer xo‘jaliklarida bo‘lib, qishloq xo‘jaligida amalga oshirilayotgan ishlar, xususan fermer xo‘jaliklari tomonidan parvarishlanayotgan boshoqli don ekinlari holati bilan tanishdilar. Deputatlar g‘alla yetishtirish bo‘yicha ekin maydonlarida agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida sifatli qilib o‘tkazilayotganligining guvoxi bo‘ldilar. Ushbu fermer xo‘jaliklari rahbarlaridan joriy yilda boshoqli don ekin maydonlaridan 85-90 sentenerdan hosil olishni rejalashtirganliklari to‘g‘risida ma’lumotlar oldilar.