Barcha yangiliklar
Deputat mahallada!
Gallery image 111611
Gallery image 111612
Gallery image 111613
Gallery image 111614
Gallery image 111615
MURODOV RAXMAT AXADOVICH
10 Mar 2026
14:15

Deputat mahallada!

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati E.Tursunov hamda Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi kotibiyati mudiri I.Xolovlarning "Ibn Sino" MFY da saylovchilar bilan uchrashuvlari bo'lib o'tdi.

  📌Uchrashuvda saylovchilarga deputat tomonidan 2025 yilda amalga oshirilgan ishlar hamda aholi bandligini ta’minlash masalalari yuzasidan axborot berish bilan birga Oliy Majlis Senati tomonidan yangidan qabul qilingan Qonunlarning mazmun mohiyati to‘g‘risida tushuntirish berildi. 

 📌 Deputatlar uchrashuv davomida aholi tomonidan ko‘tarilgan muammoli masalalar tinglandi. Jumladan elektr energiya ta’minotidagi muammolar, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish, ichki yo‘llarni asfaltlashtirish, ariqlarni betonlashtirish, uy-joy hujjatlarini qonuniy rasmiylashtirish kabi masalalar tegishli tashkilot vakillari ishtirokida ko‘rib chiqildi. Har bir murojaatning yechimi bo‘yicha mutasaddilarning fikrlari eshitilib, ijrosi nazoratga olindi. 👉  t.me/JondorKenga