Barcha yangiliklar
Nazorat tadbirlari o‘tkazildi!
Gallery image 111506
Gallery image 111507
Gallery image 111508
Gallery image 111509
Gallery image 111510
Gallery image 111511
MURODOV RAXMAT AXADOVICH
24 Fev 2026
13:33

Nazorat tadbirlari o‘tkazildi!

O‘zbekiston “Adolat” SDP Jondor tumani Kengashi deputatlik guruhi tashabbusi bilan tumandagi “EKO Bozor” MCHJ da bozor faoliyati, jumladan bozorning sanitariya holati, veterinariya nazorati va narx-navoni sun’iy ko‘tarishga qaratilgan hatti-harakatlar yuzasidan deputatlik nazorati tadbirlari o‘tkazildi. 

Nazorat tadbiri davomida ijobiy amalga oshirilgan ishlar bilan bir qatorda ba’zi kamchiliklar aniqlandi: Jumladan ayrim savdo xodimlarining tibbiy ko‘rik daftarchalariing yo‘qligi, savdo xodimlari yordamchilarining nolegal faoliyat ko‘rsatayotganligi, oziq-ovqat maxsulotlarining sanitariya-gigiyenaga qoidalariga rioya qilinishidagi kamchiliklar borligi aniqlandi.

O‘rganish davomida deputatlar aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish yuzasidan tuman soliq inspeksiyasi, tuman veterinariya bo‘limi, tuman SEO va JS markazi vakillari bilan birgalikda o‘z tavsiyalarini berdilar.