Barcha yangiliklar
Deputat nogironligi mavjud shaxslarga davlat tomonidan berilgan imtiyozlarni to‘g‘ri qo‘llanilish holatini joyida chiqib o‘rgandi.
Gallery image 111497
Gallery image 111498
Gallery image 111499
Gallery image 111500
Gallery image 111501
Gallery image 111502
MURODOV RAXMAT AXADOVICH
22 Fev 2026
13:31

Deputat nogironligi mavjud shaxslarga davlat tomonidan berilgan imtiyozlarni to‘g‘ri qo‘llanilish holatini joyida chiqib o‘rgandi.

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining 12-Mustaqillik saylov okrugidan saylangan deputatи J.Xudoyev tuman tibbiyot birlashmasi rahbari Y.Olimov bilan birgalikda davlat tomonidan beriladigan tibbiy imtiyozlarni to‘g‘ri qo‘llanilishi holatini o‘rgandi.

Jondor tumanidagi “Romish” hamda Dalmunobod qishloqlarida yashovchi 4 nafar fuqaro ijtimoiy xodimlar tomonidan atroflicha o‘rganilganligi, ularga manzilli yordam ko‘rsatish choralari belgilanganligi aniqlandi. O‘rganishlar natijasida ushbu fuqarolar ijtimoiy reyestrga kiritildi hamda davlat tomonidan ko‘rsatiladigan yordam turlaridan foydalanish imkoniyati yaratildi.

    Deputat J.Xudoyev tomonidan bemorlar holidan xabar olinib, ularga jarrohlik amaliyotini o‘tash uchun maxsus vaucherlar topshirildi.