Barcha yangiliklar
Yoshlar kelajagi muhokamada: deputat bitiruvchilar bilan uchrashdi
Gallery image 111435
ORTIQBOYEV RUSTAM ZAYNIDDIN O‘G‘LI
02 Apr 2026
12:20

Yoshlar kelajagi muhokamada: deputat bitiruvchilar bilan uchrashdi

Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashi deputati Sherzod Mirzayev yosh bitiruvchilar bilan uchrashuv o‘tkazib, ularning kelajak rejalari, bandlik masalalari hamda zamonaviy kasb-hunarlarni egallash zarurati haqida suhbat olib bordi. Muloqot davomida yoshlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish, ularni mehnat bozoriga tayyorlash, tadbirkorlikka jalb etish masalalari alohida e’tibor markazida bo‘ldi.

Shuningdek, bitiruvchilar tomonidan bildirilgan fikr va takliflar tinglanib, ularni qo‘llab-quvvatlash, mavjud muammolarni hal etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. Deputat yoshlarni faol, tashabbuskor bo‘lishga, o‘z ustida muntazam ishlashga va yurt taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishga chaqirdi.

Uchrashuv samimiy va ochiq muloqot ruhida o‘tib, yoshlar uchun muhim yo‘nalishlar belgilab berildi.