Barcha yangiliklar
Mirobod tumani prokurori o‘rinbosari va deputatning birgalikdagi qabuli
Gallery image 111376
Gallery image 111377
Gallery image 111378
Gallery image 111379
Gallery image 111380
Gallery image 111381
Gallery image 111382
Gallery image 111383
XAMDAMOV TOXIRBEK JAMSHID O‘G‘LI
02 Apr 2026
12:00

Mirobod tumani prokurori o‘rinbosari va deputatning birgalikdagi qabuli

“Mirobod tumani prokurori o‘rinbosari va deputatning birgalikdagi qabuli”

Mirobod tumani prokurori o‘rinbosari, adliya maslahatchisi.Nigmanov va xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashi deputati M.Masharipov tegishli tashkilotlar hamkorligida “Navro‘z” MFYda tashkil etilgan fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi.

Qabulda mahallada yashovchi fuqarolarning huquqiy yordam, qonun ustuvorligiga oid masalalar, shuningdek, ijtimoiy sohaga oid tibbiy yordam, kasbga o‘qitish, tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish, kommunal to‘lovlardan qarzdorlik, ichki ko‘chalarni ta’mirlash va asfalt yotqizish, maishiy chiqindilarni mahalla hududidan o‘z vaqtida olib chiqib ketilishini nazoratga olish, mahallaning ayrim ko‘chalarini raqamlashtirish hamda boshqa masalalar yuzasidan murojaatlari tinglandi.

Qabul davomida fuqarolarning huquqiy yordam, qonun ustuvorligi va tadbirkorlik faoliyatini kengaytirishga oid masalalari bo‘yicha tushuntirish berildi. Ijtimoiy soha yo‘nalishidagi tibbiy yordam, moddiy yordam masalalari joyida ijobiy hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etilgan murojaatlar prokuror va deputat nazoratiga olinib, mutasaddi rahbarlarga topshiriqlar berildi.

Qabuldan so‘ng fuqarolarning murojaatlari bo‘yicha ayrim masalalar deputatlar tomonidan joyiga chiqib o‘rganildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.

Telegram tarmog‘ida: https://t.me/MirobodKengash 

Facebook tarmog‘ida: https://www.facebook.com/share/p/1CMZpdqxre/