Barcha yangiliklar
MUROJAT O'RGANILDI.
Gallery image 111366
Gallery image 111367
Gallery image 111368
Gallery image 111369
Gallery image 111370
YUNUSOVA ZUXRA ASLIYEVNA
02 Apr 2026
11:25

MUROJAT O'RGANILDI.

Xalq deputatlari Guliston tuman Kengashi kotibiyati mudiri, 15-A.Qahhor saylov okrugi deputati D.Anarkulova hamda bosh mutaxassis Z.Yunusovalar tomonidan tumandagi “Guliston tuman O‘lkashunoslik muzeyi”, shuningdek, "Beshbuloq va Inoqlik" MFY hududlaridagi kutubxonalar faoliyati o‘rganildi.

Mazkur maskanlar yaqinda o‘z faoliyatini boshlaganligi sababli, ularning samarali ishlashini ta’minlash maqsadida shtat birliklari ajratish bo‘yicha amaliy yordam so‘rab qilingan murojaat ko‘rib chiqildi.

 O‘rganishlar natijasida mavjud holat atroflicha tahlil qilinib, ushbu masala yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovi chiqarildi.