Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Gʻallaorol tuman Kengashi deputatlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi yuzasidan olib borilayotgan o‘rganish ishlari doirasida tumandagi 2-sonli texnikum faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
Gallery image 111256
Gallery image 111257
Gallery image 111258
Gallery image 111259
Gallery image 111260
Gallery image 111261
MAXMUDOV SORDOR ASHUROVICH
02 Apr 2026
10:45

Xalq deputatlari Gʻallaorol tuman Kengashi deputatlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi yuzasidan olib borilayotgan o‘rganish ishlari doirasida tumandagi 2-sonli texnikum faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

Deputatlar texnikumda yaratilgan sharoitlar, o‘quv xonalari, amaliy mashg‘ulotlar uchun jihozlangan ustaxonalar bilan tanishdi. 2-sonli texnikum bugungi kunda yoshlarni zamonaviy kasb-hunar egasi etib tayyorlashda muhim o‘rin tutmoqda. Bu yerda turli yo‘nalishlar bo‘yicha amaliy bilim va ko‘nikmalar berilib, o‘quvchilar mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarni egallash imkoniyatiga ega bo‘lmoqda. Ayniqsa, ishlab chiqarish bilan integratsiyalashgan ta’lim tizimi orqali o‘quvchilar nazariy bilimlarini amaliyotda mustahkamlash imkoniga ega. O‘rganish jarayonida mavjud muammolar ham muhokama qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.