Barcha yangiliklar
📢 MUAMMO NAZORATGA OLINDI!
Gallery image 111114
Gallery image 111115
Gallery image 111116
Gallery image 111117
RUZMETOV UMRBEK SHAVKATOVICH
02 Apr 2026
08:58

📢 MUAMMO NAZORATGA OLINDI!

Shovot tumani Qirg‘oqbo‘yi mahallasida ko‘p qavatli uylar kanalizatsiya tizimidagi nosozliklar yuzasidan aholi tomonidan bildirilgan murojaatlar e’tiborsiz qoldirilmadi.

📄 Joriy yilning 30-mart kuni ushbu muammo yuzasidan deputat I. Masharipov tomonidan “Xorazm suv ta’minoti” AJ Shovot tumani filialiga rasmiy deputat so‘rovi yuborilgan edi.

📍 1-aprel kuni deputat hamda mutasaddi tashkilotlar vakillari hududga chiqib, muammoni joyida o‘rgandilar.

🔍 O‘rganishlar natijasida:👉 Nosozlik kanalizatsiya nasos stansiyasi (KNS) bilan bog‘liqligi aniqlandi.

✅ Muammoni bartaraf etish bo‘yicha:✔️ Aniq chora-tadbirlar belgilandi✔️ Mas’ul tashkilotlarga tegishli vazifalar yuklatildi✔️ Jarayon deputat nazoratiga olindi

⏳ Hozirda muammoni tezkor bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

💬 Mazkur masala to‘liq hal etilib, hududdagi sanitariya holati yaxshilanishi ta’minlanadi.