Barcha yangiliklar
Oyim qishlog`ida ochiq muloqot: dolzarb muammolarga yechimlar belgilab olindi
Gallery image 111094
Gallery image 111095
Gallery image 111096
Gallery image 111097
Gallery image 111098
Gallery image 111099
Gallery image 111100
SALIBAYEVA MALOXAT MIRADILAYEVNA
01 Apr 2026
22:41

Oyim qishlog`ida ochiq muloqot: dolzarb muammolarga yechimlar belgilab olindi

 Xalq deputatlari Andijon viloyat Kengashi raisi, senator U.Oxunov Jalaquduq tumani Oyim qishlog`ida bo`lib, mahalla raislari hamda “mahalla yettiligi” a`zolari bilan uchrashuv o`tkazdi. Uchrashuv davomida hududdagi ijtimoiy- iqtisodiy ahvol, aholini qiynab kelayotgan muammolar, ayniqsa, infratuzilmani yaxshilash, aholi bandligini
ta`minlash, yoshlar va xotin-qizlarni qo`llab-quvvatlash, shuningdek, nuroniylarning hayot tajribasidan samarali foydalanish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Tadbirda ishtirok etgan mahalla faollari o`zlarini qiziqtirgan
masalalar yuzasidan fikr- mulohazalarini bildirib, amaliy takliflarini ilgari surdilar. Senator tomonidan bildirilgan taklif va tashabbuslar asosida qator dolzarb masalalar yuzasidan aniq kelishuvlarga erishildi hamda ularni hal etish bo`yicha mas`ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Shuningdek, uchrashuvda tuman hokimi, tuman Kengashi deputati X.Latipov hamda deputat A.Qurbonovlar ishtirok etib, hududni yanada rivojlantirish, aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma`lumot berdilar. Ular tomonidan bildirilgan fikrlar asosida kelgusida amalga oshiriladigan ishlar rejasi belgilab olindi. Mazkur uchrashuv ochiq muloqot ruhida o`tib, aholini qiynab kelayotgan muammolarni joyida o`rganish va ularga yechim topishda muhim ahamiyat
kasb etdi.